У нас есть только
оригинальные песни

Bollivud aktrisasi Rani Mukerji qizlik bo'ldi

calendar 09.12.2015
2052

Bollivudning mashhur aktrisasi Rani Mukerji qiz farzand ko'rdi. U va turmush o'rtog'i Aditya Chopra qizlariga Adira ismini berishdi.

37 yoshli aktrisa bugun Mumbai janubidagi Breach Candy shifoxonasiga yotqizilgan edi. Farzand dunyoga kelishi bilan uning amakisi Udya Chopra quvonchini yashira olmay, xushxabarni Twitter’dagi mikroblogi orqali poylashdi.
“Qiz bola!!!”, - deb yozdi u.

Aktyor Rishi Kapur birinchilar qatorida Rani Mukerji va Aditya Choprani muborakbod etdi. Aktrisa uni qo'llab-quvvatlagan yaqinlari va barcha muxlislariga minnatdorchilik bildirib, hayotidagi eng baxtli kunlardan birini bugun kechirganini e'tirof etdi.
Rani prodyusser Aditya Chopraga 2011 yil aprelida turmushga chiqqan edi.

Яндекс.Метрика