У нас есть только
оригинальные песни

Bollivud yulduzlari O‘zbekistonda kliplarini suratga olmoqda

calendar 23.05.2018
3407

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekkino” milliy agentligi hamda O‘zbekistonnig Hindistondagi elchixonasi hamkorligida hind yulduzlari videokliplarini O‘zbekistonda suratga olish masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

May oyining birinchi yarmida Arko Pravo Mukerji boshchiligidagi musiqa guruhining 2 klipi suratga olindi. Arko — xonanda, bastakor, bir necha xit qo‘shiqlar muallifi. Uning “Jism 2” blokbasteri uchun yozilgan saundtreklari 50 milliondan ortiq marta ko‘rilgan.

Xonandaning qo‘shiqlarini suratga olish jarayonida maslahatchi va bosh operator vazifasida Shuhrat Qayumov qatnashdi.

O‘zbekistonga tashrif  hind yulduzining Facebook, Twitter va Instagram’dagi sahifalarida yoritildi. Videokliplar esa hind telekanallari va Youtube’dagi rasmiy kanallar orqali namoyish etiladi.

Mazkur loyihaning keyingi mehmonlari Meet Bros guruhi hamda xonanda va aktrisa Kanika Kapur bo‘ladi. Ushbu ijodkorlarning videokliplari internet saytlari orqali 200 milliondan ortiq marotaba ko‘rilgan.

Qo‘mitaga ko‘ra, Bollivud yulduzlari bilan o‘zaro yaqin hamkorlik Hindistonda, shuningdek, bir necha millionlik hind diasporalari bo‘lgan G‘arbiy Yevropa va AQShda O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib etishda muhim ahamiyatga ega.

Яндекс.Метрика