У нас есть только
оригинальные песни

Bonuchchi «Yuventus»ga qaytdi

calendar 02.08.2018
816

«Milan» himoyachisi Leonardo Bonuchchi «Yuventus» klubiga qaytdi.

Futbolchi turinliklar qarorgohida tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tib, 5 yillik shartnomani imzoladi. Uning maoshi yiliga 5 million yevroni tashkil qiladi.

Bonuchchi 2017 yili «Milan»ga 42 million yevro evaziga o'tgan edi. «Yuventus» uni qaytarib olish uchun himoyachi Mattia Kaldarani berdi. Turinga qaytish uchun Bonuchchi maoshining 2 million yevroga qisqarishiga ham rozi bo'ldi.

2017/18 mavsumida Bonuchchi «Milan» tarkibida barcha musobaqalarda 52ta o'yin o'tkazib, 2ta gol urdi.

Яндекс.Метрика