У нас есть только
оригинальные песни

Bosh prokuratura Akademiyasi tashkil etiladi

calendar 10.01.2018
985

Respublikada Bosh prokuratura Akademiyasini tashkil etish rejalashtirilyapti. “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” davlat dasturi loyihasida bu haqda ma`lum qilingan, deb yozmoqda “Xalq so'zi” nashri.

Unga ko'ra, shu yil 1 mayga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. 

Mazkur hujjatda prokuratura organlarining yagona majmuasini (o'quv binolari, sport-sog'lomlashtirish inshootlari va h.k.) qurish; prokuror-tergov xodimlari malakasini uzluksiz oshirish va ularni qayta tayyorlashning samarali tizimini yaratish; o'qitishning innovatsion shakl va uslublarini, eng yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, masofadan o'qitish va mustaqil ta`lim, interfaol va situatsion mashg'ulotlar, treninglar o'tkazishni keng joriy etish; qonunchilikni takomillashtirish va yagona huquqni qo'llash amaliyotini shakllantirish bo'yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalarni ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Яндекс.Метрика