У нас есть только
оригинальные песни

Bosh prokuratura maktablar yaqinida alkogol sotayotgan do‘konlarni xatlovdan o‘tkazadi

calendar 01.03.2018
793

O‘zbekiston bosh prokuraturasi ikki oy muddatda maktablarga yaqin hududda joylashgan barcha alkogol do‘konlarini xatlovdan o‘tkazadi. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi Spot.

Hujjatda qayd etilishicha, tekshirish ishlari bilan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti shug‘ullanadi.

Departament xodimlari ikki oy muddatda ta’lim, sport muassasalari va diniy muassasalardan besh yuz metrdan kam radiusda alkogolli va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilayotgan subyektlarni aniqlash bo‘yicha chakana savdo obyektlarini inventarizatsiyadan o‘tkazadi.

Яндекс.Метрика