У нас есть только
оригинальные песни

Bosh prokuratura o‘z telestudiyasiga ega bo‘ladi

calendar 17.11.2017
1105

O‘zbekiston Prezidentining “Prokuratura organlari axborot-tahlil faoliyati samaradorligini yanada oshirish choralari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, Bosh prokuratura huzurida mustaqil yuridik shaxs maqomidagi Axborot-tahlil multimedia markazi tashkil etiladi.

Markaz efir va internet tarmog‘iga audio va videoroliklar, radioeshittirish va teleko‘rsatuvlar, voqea joyidan reportajlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi.

Bu aholini jamoatchilik qiziqishiga sabab bo‘layotgan voqea-hodisalar bilan tezkor tanishtirib borish maqsadida amalga oshirilayotgani bildirilmoqda.

Яндекс.Метрика