У нас есть только
оригинальные песни

Bosh prokuratura qoshidagi ijro byurosi xodimlari to‘lov terminallari bilan ta’minlanadi

calendar 07.07.2017
2378

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi qoshidagi majburiy ijro byurosiga 4386 ta to‘lov terminali taqdim etiladi.

Tegishli holat Prezidentning Byuro faoliyatini samarali tashkil etish to‘g‘risidagi farmoyishida aks etgan.

Bundan tashqari, hujjatda elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini nazorat qiluvchi inspektorlarga 4193 terminal taqdim etilishi nazarda tutilgan. Inspektorlarga, shuningdek, harakatlanish oson bo‘lishi uchun mopedlar beriladi.

Turar-joy fondi, shuningdek, elektr va gaz uskunalari inventarizatsiyasi o‘tkaziladi. Uning natijalariga ko‘ra 1,1 million elektr hisoblagichlar elektr energiyasini hisoblash va nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadi, 1,5 milliontasi almashtiriladi, shuningdek, 21,5 mingta yangi hisoblagich o‘rnatiladi.

Gaz hisoblagichlarini almashtirish esa taxminan 2,3 million nuqtani qamrab oladi, 903,8 ming nuqtada hisoblagichlar birinchi marta o‘rnatiladi. Shuningdek, ular tabiiy gazni hisoblash va nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadi.

Nihoyat, barcha hisoblagichlarni uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, elektr va gaz ta’minoti xizmatlari yagona billing tizimiga uyg‘unlashtirish rejalashtirilmoqda.

Ish boshlaydigan 1107 ishonch telefoniga istagan odam qo‘ng‘iroq qilib, elektr quvvati va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlaridan shikoyat qilishi mumkin bo‘ladi.

Яндекс.Метрика