У нас есть только
оригинальные песни

Bosh rolda Maykl Fassbender o‘ynagan “Stiv Jobs” filmining to‘laqonli treyleri chiqdi

calendar 03.07.2015
1147


Universal studiyasi Apple kompaniyasi asoschisiga bag‘ishlangan va rejissyor Denni Boyl tomonidan suratga olingan "Stiv Jobs” filmining treylerini YouTube’da namoyish etdi. Filmda bosh rolni aktyor Maykl Fassbender ijro etgan. Filmning rasmiy sinopsisiga ko‘ra, unda voqealar Apple’ning uchta mashhur mahsulotlari taqdimoti atrofida kechadi. Treylerda, shuningdek, Jobsning kompaniya asoschilaridan biri Stiv Voznyak bilan kelisha olmayotgani, kashfiyotchining o‘zining nikohdan tashqari tug‘ilgan qizi Liza Brennanni tan olmagani va 1985-yili Apple’dan haydalgani kabi lavhalar bor. Fassbenderdan tashqari filmda Set Rogen (Voznyak rolida), Keyt Uinslet (dastlabki Macintosh kompyuterlarini ishlab chiqqan jamoa a’zosi Joanna Xoffman sifatida) va Jeff Deniyels (Jobsni haydagan Apple rahbari Jon Skalli rolida) kabilar suratga tushgan. Film 9-oktabr kuni prokatga chiqariladi.

Яндекс.Метрика