У нас есть только
оригинальные песни

“Bosh rollarda Adiz Rajabov hamda Madina Talipbek”. “Sarviqomat dilbarim” filmining tasvirga olish ishlari Qirg‘izistonda davom etadi (foto)

calendar 05.08.2018
1753

“Sarviqomat dilbarim” filmining  tasvirga olish ishlari Qirg‘izistonda davom etadi. Bu haqda “O‘zbekkino” MA matbuot xizmati jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Mazkur film O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi” DUK tomonidan suratga olinmoqda.

Film Chingiz Aytmatovning mashhur “Sarviqomat dilbarim” qissasi asosida qirg‘izistonlik kinoijodkorlar bilan hamkorlikda rejissor Sarvar Karimov tomonidan suratga olinmoqda.

Ushbu film sujetida qissadagi voqealar, personajlarning o‘zaro munosabatlari, muhabbat mojarolari asosan saqlab qolingan. Lekin davr jihatidan voqealar bugungi kunga, aksariyat voqealar esa O‘zbekiston hududiga ko‘chirildi. Bo‘lajak film qahramonlarining ham ikki millat vakillaridan iborat ekanligi, bu ikki qardosh xalqning urf-odatlari, qadriyatlari mushtarakligini, hissiyotlar, tuyg‘ular chegara bilmasligini anglatadi.

Filmdagi bosh qahramon — Asal roliga Qirg‘iziston akademik teatri aktrisasi Madina Talipbek taklif etilgan, Ilyos rolini esa aktyor Adiz Rajabov ijro etmoqda. Boytemir rolini aktyor Ulug‘bek Qodirov ijro etayotgan bo‘lsa, Xadicha rolini qirg‘iz aktrisasi Elina Abay qizi ijro etmoqda.

Shuningdek, filmda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonov hamda aktyor Bobur Yo‘ldoshevlar ham rol ijro etishmoqda.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston kinoijodkorlari hamkorligida yaratilayotgan ushbu filmning tasvirga olish ishlari Qirg‘iziston Respublikasida davom ettiriladi. O‘n nafardan iborat ijodiy guruh 6-avgust kuni Qirg‘izistonga jo‘nab ketishi rejalashtirilgan.

 

Яндекс.Метрика