У нас есть только
оригинальные песни

Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»

calendar 09.09.2018
3353

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari, Xotin-qizlar qo'mitasi raisi Tanzila Norboyeva o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ayollarga nisbatan zo'ravonlik muammosi haqida so'z yuritib, fuqarolarni bunday illatga befarq bo'lmaslik va unga chek qo'yishga chaqirdi

"Zo'ravonlikka chek qo'yaylik! 
Ayollarga nisbatan zo'ravonlik muammosi har qanday jamiyat uchun inson huquqini poymol qilish bilan bog'liq bulgan juda jiddiy muammo sanaladi.

Butunjahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma`lumotlariga ko'ra, butun dunyoda har uchinchi ayol (35%) hayoti davomida u yoki bu turdagi zo'ravonlikka duch kelar ekan. Bu butun jahonda mavjud bo'lgan o'ta dolzarb muammoligini isbotlovchi statistik ma`lumotlardir. 

Zo'ravonlik illati haqida uzoq vaqt mamlakatimizda hech nima deyilmadi va bugun bu to'g'risida ochiq gapirilmoqda. 

Kundalik hayotimizda ayollar qanchalik bu turdagi muammo bilan to'qnashmoqda? Afsuski, bu boradagi savolga javoblar quvonarli emas.  

Bugun esa ushbu muammo bilan kurashishning huquqiy asosini yaratish maqsadida “Maishiy zo'ravonlikning oldini olish haqidagi” Qonun loyihasi ustida ish olib borilmoqda.

Odatda bizda ayollar bunday holatga duch kelgan taqdirda, hatto yaqinlariga ham aytishmaydi, qo'rqishadi yoki istihola qilishadi. Ammo buni o'zgartirish vaqti keldi. 

Buning uchun  O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi 1146 - yagona  telefon raqamlarini ishga tushirdi. «Ishonch telefon»lari zo'ravonlik qurboniga aylangan ayollar va qizlarimizga og'ir vaziyatdan chiqishlariga yordam berib, ruhiy, huquqiy hamda tibbiy ko'mak beradi. Va eng asosiysi, bunda ayolning xohishiga ko'ra, uning shaxsi va murojaati sir saqlanadi. AYNI DAMDA "IShONCh TeLeFONLARI" TeST ReJIMIDA IShLAMOQDA. Zarur hollarda, jabrdiyda ayollar respublikamizning barcha hududlarida tashkil etilayotgan Ijtimoiy moslashuv markazlariga (shelterlarga) joylashtiriladi.

Fursatdan foydalanib, agar Siz atrofingizdagi ana shunday ayollar taqdiridan xabardor bo'lsangiz, befarq bo'lmasligingizni so'raymiz, bizga murojaat qiling va biz birgalikda muammoning yechimini topamiz!", - deydi Tanzila Norboyeva. 

Яндекс.Метрика