Boshsiz chavandoz: ijtimoiy tarmoqlar F-35 qiruvchisining yana bir muammosini fosh qilishdi

Internet tarmog'ida Amerikaning beshinchi avlod qiruvchi samolyotlari F-35C biri ortidan biri aviatashuvchidan havoga ko'tarilayotgani aks etgan videolavha joylashtirilgan. Lavhada, pilotlar havoga ko'tarilish chog'ida kabinaning yuqori qismiga boshi bilan urilishini ko'rish mumkin. Bunda ayrimlarining bosh kiyimlari tushib ham ketadi. 

Lavhaga Braziliyalik foydalanuvchi e`tibor qaratgan. U videoning bir qismini Twitter sahifasiga joylashtirdi.

"Qarang, 400 ming dollarlik shlem uchuvchining boshidan tushib ketishini", — deb yozgan u. 

Havoga ko'tarilish chog'ida uchuvchi ensasiga tushib ketganini ko'rish mumkin bo'lgan shlem indikatori parvoz chog'ida muhim ma`lumotlarni ko'rsatadi. Usiz uchuvchi havodagi vaziyatni baholay olmaydi. 

Qiruvchi samolyotning keskin starti g'arb jurnalistlarining e`tiborini tortgan edi. Xususan, Business Insider nashrining yozishicha, ayni shu sabab, samolyotning kema namunasi F-35C qiruvchisi jangovar safga qabul qilingani yo'q. Maqola mualliflari F-35C va 1970 yillarda ishlab chiqilgan F-18 samolyotlarining katapulta parvozini taqqoslab ko'rishgan. F-18 kuchli silkinadi, ammo beshinchi avlod samolyotichalik emas. 

"Shu bilan birga, F-18 uchuvchisida parvoz uchun o'ta muhim ma`lumotlarni aks ettiruvchi 400 ming dollarlik shlem yo'q", — deyiladi maqolada. 

Nashrning yodga olishicha, Pentagon tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijasi F-35C qiruvchisining katapulta parvozi uchuvchi salomatligi uchun xavfli bo'lishi mumkinligini ko'rsatgan. 105 nafar uchuvchidan 74 nafari shunday parvozdan so'ng,  "og'riq"dan shikoyat qilishgan, yana 18 kishi "kuchli og'riq"ni aytishgan, bir uchuvchi  "kuchli davomli og'riq" haqida so'z yuritgan.

Beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyoti o'zining o'ta yuqori tannarxi va ko'plab texnik kamchiliklari sababli tanqid qilinadi. F-35 dasturi Amerika soliq to'lovchilariga taxminan 400 milliard dollarga aylangan.


Комментарии (0) | Добавить: 30.01.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]