У нас есть только
оригинальные песни

Botsvanada so'nggi asrning eng yirik olmosi topildi

calendar 19.11.2015
1584

Lucara Diamond korporatsiyasi vakillarining ma'lum qilishicha, 1 111 karatli qimmatbaho tosh Markaziy Botsvananing shimoliy qismidan topilgan. Bu oxirgi yuz yil ichida topilgan eng yirik olmosdir, deb xabar beradi The Telegraph.

Topilmaning o'lchamlari 65X56X45 mm ni tashkil qiladi. Bundan kattaroq hajmdagi olmos tarixda faqat bir marta – 1905 yili Janubiy Afrikadagi kondan topilgan. 3 106 karatli tosh “Kullinian” (“Afrika yulduzi”) nomini olgan edi. So'ng u bir necha brilliantlarga bo'lingan, eng kattalari Britaniya imperiyasi tojini bezagan edi.

Яндекс.Метрика