У нас есть только
оригинальные песни

Boyqo'ng'ir kosmodromidan joriy yildagi birinchi “Proton-M” raketasi fazoga ko'tarildi

calendar 30.01.2016
1071

Boyqo'ng'ir kosmodromidan “Briz-M” tezlashtiruvchi blokiga yega “Proton-M” raketa-tashuvchisi fazoga ko'tarildi. Bu haqda o'z tvitterida “Roskosmos” agentligi ma'lum qildi.

Parvoz Moskva vaqti bilan soat 1.20 da amalga oshirildi. Raketa bortida Yevropaning aloqa yo'ldoshi Yeutelsat9B bor.

Koinot sohasidagi manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Boyqo'ng'irdan 2016 yilda amalga oshirilishi kerak bo'lgan birinchi parvoz uch kunga ortga qoldirilgani ma'lum qilingandi. Bunga raketa va tezlashtiruvchi blokning tayyormasligi sabab bo'lgan.

Яндекс.Метрика