У нас есть только
оригинальные песни

Braziliyada radioboshlovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida o‘ldirib ketildi

calendar 07.08.2015
2451

Ikki noma’lum shaxs Braziliyaning shimoli-sharqidagi Radio Liberdade FM radiostansiya studiyasiga bostirib kirib, boshlovchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida otib o‘ldirdi.

Hodisa Seara shtatiga kiruvchi Kamosin munitsipalitetida 6-avgust, payshanba kuni kechqurun sodir bo‘ldi. Politsiyaning ma’lum qilishicha, noma’lum kishilar radiostansiya binosiga reklama joylashtirish bahonasida kirgan. Ular radioboshlovchi Gleydson Karvalyu o‘z dasturini olib borayotgan studiyaga kirib, unga qarata o‘q uzdi. Karvalyu kasalxonaga yetkazildi, biroq u jarohati  tufayli halok bo‘ldi.

Hozirda politsiya noxush hodisa vaziyatlari va jinoyat sabablarini aniqlamoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Karvalyu o‘zining dasturlarida ba’zi siyosatchilarning korrupsiyaga oid faoliyatini fosh etuvchi materiallar bilan chiqqan va uning Facebook’dagi sahifasiga tez-tez tahdidli xabarlar kelib turgan.

Яндекс.Метрика