У нас есть только
оригинальные песни

Bred Pitt Anjelina Jolining yoshligini eslatuvchi qiz bilan uchrashishni boshladi

calendar 20.10.2017
2683

Bir yil avval rafiqasi Anjelina Joli bilan ajrashgan Gollivud aktyori Bred Pitt 21 yoshli britaniyalik aktrisa Ella Pyornell bilan uchrashishni boshladi, deb yozadi “Vesti.ru”. Qiz Pittdan 32 yosh kichik bo‘lib, uning ko‘rinishi Anjelinaning yoshligini eslatadi.

Ayni paytda Pitt Sweetbitter serialiga prodyuserlik qilmoqda, unda rollardan birini Pyornell ijro etishi kerak. IBTimes yozishicha, Pitt yosh aktrisaga shunchalik maftun bo‘lib qolganki, boshidan ushbu rolga faqat uni loyiq ko‘rgan.

Ta’kidlanishicha, Pyornell va Joli “Malefisenta” filmida birgalikda ishlagan, unda qiz Anjelina o‘ynagan qahramonning yoshligi rolini ijro etgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Joli sobiq eri o‘zining yoshligini eslatuvchi qiz bilan uchrashayotganidan qattiq g‘azablangan.

Яндекс.Метрика