У нас есть только
оригинальные песни

Bred Pitt Joli bilan birgalikdagi oilaviy hayotni jinnixonaga qiyosladi

calendar 23.09.2016
1452

Er-xotinning do‘stlari va oilada ishlagan enagalar Pitt va Jolining uyida hukmronlik qilgan g‘ayrioddiy muhit haqida gapirib berdi, deb yozadi “Vesti.ru” The Daily Mail’ga tayanib.

 

Intervyulardan birida Bred Pitt Joli bilan birgalikdagi turmushni ruhiy shifoxonadagi voqealarni aks ettiruvchi “Kakku uyasi ustidan uchib o‘tayotib” deb nomlangan mashhur filmga qiyoslagan edi. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, ularning uyida tong aynan shunday ko‘rinishga ega.

Er-xotinga yaqin manbalar gapirib berishicha, ularning farzandlari hayratlanarli darajada tarbiyasiz. Ular hech qachon maktabga bormagan, shu tufayli ular tengdoshlari bilan muloqotda katta muammolarga duch keladi. Pitt uyda biroz bo‘lsa-da tartib o‘rnatishga intilgan, bolalarga baqirgan, ularni jazolamoqchi bo‘lgan, Joli esa uyda axloq qoidalarini yaratishga hech qachon urinmagan.

Uyda hamma narsaga ruxsat berilgan: sutkaning har qanday qismida bolalar istagan ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladi. Ota-onaning xulqi ham bunga imkon yaratadi — ular bolalarni muzqaymoq yoki pitssa yeyishga yarim tunda ham olib borishi mumkin. To‘g‘ri, ba’zan ota-onaning o‘zi ham tartibsiz muhitdan bezor bo‘lib, shunchaki dam olish uchun mehmonxonaga ketgan.

Doimiy ravishda ko‘chib yurishlar bolalarning farovonligiga imkon yaratmaydi: Joli-Pitt oilasining Los-Anjelesda uyi, Fransiyada qo‘rg‘oni bor, ular doimiy ravishda Londonda uy ijaraga olgan, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab san-sanoqsiz mehmonxonalarda yashagan.

Bolalarga beriladigan sovg‘alar ham o‘ziga xos. O‘g‘li Meddoks olti yoshida pichoqlarga qiziqib qolganida, Joli unga bir nechta kolleksiya nusxalarini hadya qilgan edi. Meddoksning sakkiz yoshiga sovg‘a sifatida esa, onasi uni Iroqdagi qochoqlar lageriga olib borgan.

Bolalarni harbiy hududlar va muhojirlar lagerlariga olib borish — Joli uchun oddiy holat, u bu narsa bolalarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shishiga ishonchi komil.

Яндекс.Метрика