У нас есть только
оригинальные песни

Brent nefti narxi bir barreli uchun 47,22 dollarga yetdi

calendar 14.09.2016
1031

American Petroleum Institute (API) AQSh xomashyo zaxiralari o‘tgan haftada 1,4 million barrelga ko‘paygani haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilganidan so‘ng neft bahosi ko‘tarildi. “Interfaks”ning yozishicha, zaxiralar ko‘payishi bozor ishtirokchilari kutganidan 2,5 barobar kam bo‘lgan.

14-sentabr, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan 9:55 da Londonning ICE Futures birjasida noyabrda yetkazib beriladigan Brent turidagi neft narxi 0,2 foizga oshib, bir barreli uchun 47,22 dollarga yetdi.

Nyu-york tovar birjasida (NYMEX) mazkur vaqtda oktabrda yetkaziladigan WTI turidagi neft bahosi 0,5 foizga ko‘tarilib, bir barreli uchun 45,11 dollarga teng bo‘ldi.

Avvalroq Xalqaro energetika agentligi dunyoda neftga bo‘lgan talabni yuqori baholamagani, Liviya esa xomashyo eksportini ko‘paytirish rejalarini ma’lum qilganidan so‘ng, neft qiymati 2,5 foizga tushgan edi.

Яндекс.Метрика