У нас есть только
оригинальные песни

Brent neftining bir barreli 35 dollarlik ko'rsatkichdan pastladi

calendar 06.01.2016
765

Londondagi ICE birjasida fyuchers savdolarida 2016 yil fevralida etkazib beriladigan Brent markali neftning bahosi 4,1 foizga pastlab, 2004 yildagi minimum – bir barreli uchun 34,92 dollarga tushib ketdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Mutaxassislar fikricha, neft kotirovkalariga Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat kompaniyasining Еvropadagi iste'molchilar uchun o'z neftining asosiy navlariga belgilangan chegirmalarni oshirish to'g'risidagi qarori katta ta'sir ko'rsatdi.

"BKS Ekspress" eksperti Vasiliy Karputinning ta'kidlashicha, Shimoliy-G'arbiy Еvropa mamlakatlari uchun neft narxi 0,6 dollarga tushayotgan bo'lsa, O'rta Еr dengizi mintaqasi davlatlari uchun bir barrel neft bahosi 0,2 dollarga arzonlamoqda.
Shu bilan birga, amerikalik xaridorlar uchun Extra Light markali neft barreli 0,5 dollarga arzonlari.

Яндекс.Метрика