У нас есть только
оригинальные песни

Brent turidagi neft narxi 7 yil oldingi eng quyi ko'rsatkichni yangiladi

calendar 11.12.2015
975

OPЕKka a'zo davlatlarning neft qazib chiqarishni oshirishi oqibatida, payshanba kungi savdolarda neft narxida so'nggi 3 yildagi eng past ko'rsatkich qayd etilgan.

Brent turidagi neft narxining bir barreli London birjasidagi savdolarga ko'ra 39,67 dollarga baholangan bo'lib, bu orqali 7 yil oldingi eng past ko'rsatkich yangilandi. 2009 yilda bu turdagi neft narxi 1 barreli uchun 38,88 dollargacha tushgandi.

ICE Futures (London birjasi) savdolariga ko'ra, Brent turidagi neft narxi 2015 yilning yanvaridan beri 1,22 foizga tushgan.

WTI turidagi neft narxi Nyu-York tovar birjasi (NYMEX) savdolariga ko'ra, bir barreli 36,76 dollarni tashkil etgan.

OPЕK ma'lumotlariga ko'ra, tashkilotga a'zo davlatlar noyabr oyida neft qazib chiqarishni bir kunda 31,695 mln barrelga etkazgan bo'lib, bu 2012 yil aprelidagi eng yuqori ko'rsatkichdan ham yuqoridir. Jumladan, Iroq neft etkazib berishni o'tgan oyda kuniga 247,5 ming barreldan 4,3 mln barrelga oshirgan. Saudiya Arabistoni esa 25,2 ming barreldan 10,13 mln barrelga kamaytirgan.

Яндекс.Метрика