У нас есть только
оригинальные песни

Brexit hech qachon amalga oshmasligi ham mumkin

calendar 03.09.2017
849

Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi (Brexit) asosiy ichki partiyalar o'rtasidagi tushunmovchiliklar tufayli hech qachon amalga oshmasligi ham mumkin. "Liberal demokratlar" partiyasi yetakchisi Vins Keybl shunday fikr bildirdi, deya ma`lum qiladi Financial Times.

"O'ylashimcha, Brexit hech qachon amalga oshmasligi ham mumkin", - dedi Vins Keybl va bunday ssenariy rivojini mavjud "asosiy ichki partiyalar o'rtasidagi tanglik" bilan izohladi. 

Bundan avval The Daily Telegraph Buyuk Britaniyada hukmron Konservativ partiyadagi yevrointegratsiya tarafdorlari YeI tarkibidan chiqish doirasida umumevropa qonunchiligining bekor qilinishi to'g'risidagi qonun loyihasining qabul qilinishiga to'sqinlik qilayotgani haqida xabar bergandi. Ma`lumotlarga ko'ra, kamida olti konservtor-deputat o'zining siyosiy raqibini qo'llab-quvvatlashga tayyor bo'lib, ular Brexit haqidagi qonun loyihasinining asosiy qismiga qarshi chiqmoqda. 

London va Bryussel o'rtasidagi rasmiy muzokaralar 19 iyun kuni Belgiya poytaxtida boshlandi. Ushbu muzokaralar 2018 yilning noyabriga qadar davom etishi ko'zda tutilgan. Kelishuvga ko'ra, Buyuk Britaniya 2019 yilning mart oyi oxirigacha Yevroittifoqni tark etishi kerak. 

Яндекс.Метрика