У нас есть только
оригинальные песни

Brexit tufayli dunyoning 400 eng boy insoni biroz kambag‘allashdi

calendar 26.06.2016
1113

Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan referendum tufayli dunyoning eng boy 400 insoni umumiy hisobda 127,4 milliard dollar yo‘qotdi. “Korrespondent.net”ning Bloomberg agentligiga asoslanib bildirishicha, britaniyaliklarning ko‘pchiligi Brexit’ni yoqlab chiqqani bois global aksiya bozorlarida vujudga kelgan beqarorlik bunga sabab bo‘lgan.

Milliarderlarning umumiy boyligi 3,9 trillion dollarni tashkil etadi. Ular o‘zlaridagi mablag‘ning 3,2 foizini yo‘qotdi.

Eng ko‘p pul yo‘qotgan tijoratchi yevropalik biznesmen Amansio Ortega bo‘ldi — 6 milliard dollar. Bill Geyts, Jeff Bezos hamda Britaniyaning boy insoni Jerald Kavendish Grosvenor 1 milliard dollardan yo‘qotdi.

Яндекс.Метрика