У нас есть только
оригинальные песни

Britaniya IIV rahbari iste`fosiga nima sabab bo'lgani aytildi

calendar 30.04.2018
749

Britaniya ichki ishlar vaziri Ember Radd bosh vazir Tereza Meyga yo'llagan maktubida nega iste`foga chiqishga qaror qilgani haqida aytib o'tdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Avvalroq, Radd mojaro fonida vazir lavozimidan ketishga qaror qilgani ma`lum bo'ldi. OAVning aniqlashicha, Britaniya vazirligida mamlakatdan muhojirlarni chiqarib yuborish bo'yicha maqsadli ko'rsatkichlar bor. Radd bu holatdan xabardor ekanini rad etdi, biroq OAV bunga ishonmadi.

«Men iste`foga chiqishim lozim ekani haqidagi xulosaga keldim, sababi parlamentning ichki ishlar bo'yicha qo'mitasini noqonuniy muhojirlarni chiqarib yuborishga doir maqsadli ko'rsatkichlar bo'yicha atayin xato o'ylashga majbur qildim. Men vaziyatni bilishim kerak edi, hamda buning uchun barcha mas`uliyatni o'z zimmamga olaman», - deyiladi Raddning maktubida.

Ta`kidlanishicha, Mey vazirning iste`fosini ma`qullagan.

Яндекс.Метрика