У нас есть только
оригинальные песни

Britaniya maxsus xizmati kompyuterlarni buzib kirishini tan oldi

calendar 02.12.2015
1322

Buyuk Britaniyaning GCHQ (Hukumat aloqasi markazi) maxsus razvedka xizmati elektron qurilmalarni buzib kirishini tan oldi, deb yozmoqda Financial Times nashri.

Markaz bir nechta internet-provayderlar va tarmoqda shaxsiy ma'lumotlarning xavfsizligi uchun kurashuvchi Privacy International tashkilotining shikoyati bo'yicha javob beruvchi tomon sifatida chiqmoqda.

Da'vogarlarning aytishicha, sud jarayonigacha amaldorlar bunday usullardan foydalanishlarini tasdiqlashdan bosh tortishgan.

O'z navbatida hukumat bu yo'l ekstremistlar faoliyati haqida ma'lumotlarni olishning yagona imkoniyati bo'lishi mumkinligini aytmoqda.

Яндекс.Метрика