У нас есть только
оригинальные песни

Britaniya politsiyasi jinoyatchilarni multfilmdagi usuldan foydalanib ushladi

calendar 25.12.2017
1256

Buyuk Britaniyaning Janubiy Yorkshir grafligi politsiyachilari mashhur “Simpsonlar” multfilmida politsiyachilar qo'llagan usulga o'xshash usul qo'llab, 20 dan ko'proqni jinoyatchini qo'lga tushirishdi. Bu haqda Independent nashri xabar bermoqda. 

Nashrning ta`kidlashicha, politsiyachilar qidiruvda bo'lgan jinoyatchilarning taxminiy manzillariga mavjud bo'lmagan kompaniya nomidan Yangi yilga bepul sovg'a olish taklifi bildirilgan otkritkalar yuborishgan. Sovg'ani olish uchun manzil va uni yetkazib berish kerak bo'lgan vaqtni ko'rsatish talab etilgan. So'ngra ushbu ma`lumotlardan foydalanib, qidiruvda bo'lgan shaxslar oldiga kurerlar ko'rinishidagi politsiyachilar kelishgan va ularni qo'lga olishgan. Bu usul bilan politsiya o'g'rilik, hujum qilish, mast holatda mashina haydash va boshqa qonunbuzarliklarda ayblangan 21 shaxsni ushlashga muvaffaq bo'lgan. 

Nashrning ta`kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bu hiyla “Simpsonlar”ning seriyalaridan birida politsiya boshlig'i Klerens Viggam qo'llagan usulga o'xshashligiga e`tibor qaratishgan. Multfilmda politsiya xodimlari qonunbuzarlarga bepul qayiqlar tarqatilishi tadbiriga taklifnoma jo'natishgan. Taklif qilinganlar orasida mashinani parkovkalash qoidasini buzganlikda ayblangan, bosh qahramonlardan biri Gomer Simpson ham bo'lgan. 

Biroq nashrning ta`kidlashicha, politsiya haqiqatan ham bu hiylani multfilmdan o'rnak olib qo'llagani yoki yo'qligi noma`lum.

Яндекс.Метрика