У нас есть только
оригинальные песни

Britaniyada atom suv osti kemasi kapitani qo‘l ostidagi ishchi bilan ishqiy munosabati tufayli vazifasidan chetlatildi

calendar 03.10.2017
2017

Buyuk Britaniya qirollik harbiy-dengiz floti HMS Vigilant atom suv osti kemasi kapitani Styuart Armstrongni ekipaj a’zolaridan biri bilan ishqiy munosabatlari tufayli vazifasidan chetlatdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Armstrong ekipaj tarkibidagi ayol bilan “nomaqbul” munosabatda bo‘lganlikda ayblanmoqda.

Ayolning ismi-sharifi va unvoni oshkor etilmagan. Biroq, uning ofitser bo‘lgani aytilgan.

Armstrong va uning qo‘l ostidagi xodimning munosabatlari suv kemasi ekipaji ishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi.

Joriy yildan boshlab ekipajga rahbarlik qilayotgan Armstrong kamida tekshiruv ishlari yakunlangunga qadar vazifasidan chetlatildi.

Mamlakat mudofaa vazirligi ayblovlarni izohlashdan bosh tortgan. Flot rahbariyati tekshiruv ishlari joriy harbiy vazifalarni bajarishga to‘sqinlik qilmaganini ta’kidladi.

Яндекс.Метрика