У нас есть только
оригинальные песни

Britaniyada boshpanasiz erkakka narxi 10 ming dollarga teng tanga tashlashdi

calendar 05.01.2017
745
Britaniyaning Devon grafligi Ekseter shahrida yashovchi boshpanasiz fuqaroning shlyapasiga noma’lum o‘tkinchi quyon tasviri tushirilgan noodatiy shakldagi tangani tashlab ketdi, deb yozadi “Vesti.ru”. U cheklangan adadda chiqarilgan 50 penslik kolleksiya tangasi bo‘lib chiqdi, uning narxi esa 10 ming dollardan oshadi.

O‘ziga berilgan tanganing haqiqiy qiymatini bilish uchun boshpanasiz kishi politsiyachilarga murojaat qildi, smartfonlar yordamida tartib posbonlari tilanchi Britaniya hukumati tomonidan taniqli bolalar yozuvchisi Beatris Potterning 150 yilligiga atab zabt etilgan bir necha yuzlab kolleksiya tangalaridan birining sohibiga aylanganini aniqladi.

Yetti burchakli 50 pensli tangalarda Potterning ertaklari qahramonlari tasvirlagan.

Boshpanasiz erkak qimmatbaho tangani nima qilishi noma’lum.
Яндекс.Метрика