Еr yuzida 150 million yil oldin yashagan yirtqich allozavrga tegishli skelet kim oshdi savdolariga qo'yiladi. Bu haqda Britaniyadagi Summers Place Auctions kim oshdi savdolari uyi ma'lum qilgan.
"Allozavr va tirannozavrga G'arbda qiziqish kuchli. Hashamatli hayot kechiruvchi kishilar bunday jonivorlarning skeletlaridan muzey tashkil qilishlari mumkin", deydi kim oshdi savdolari uyi direktori Rupert Van der Verff.
Yosh yirtqichga tegishli 2 metr balandlikdagi skelet 2007 yilda Vayoming shtati hududidan topilgan. Tashkilotchilar uning sotuvidan 300-500 ming funt ishlab olishni rejalashtirishgan.
Auktsion shu yilning 25 noyabr kunida G'arbiy Susseks grafligida tashkil qilinadi.