У нас есть только
оригинальные песни

Britaniyada lotereyadagi 33 mln funt sterlinglik yutuqni olgani hech kim kelmadi

calendar 22.01.2016
824

Buyuk Britaniyadagi milliy lotereya tashkilotchilari lotereyada o'ynalgan jekpotning yarmini, ya'ni 33 mln funt sterlinglik yutuqni yutgan chipta egasini qidirishmoqda, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Yutuqli kombinatsiya e'lon qilinganiga qaramasdan, uni olgani hozircha hech kim murojaat qilmagan. Lotereya tashkilotchisi Camelot kompaniyasi vakilining aytishicha, bu holat hayrat uyg'otmoqda.

Kompaniya yutuqli chipta sotib olingan Vuster shahrining 100 mingga yaqin aholisini chipta egasini topish maqsadida xabardor qildi. Agar g'olib yutuqni olgani 180 kun davomida kelmasa, unda jekpot shu summaga oshiriladi.

Jekpotning ikkinchi yarmini shotlandiyalik oila yutib oldi.

Яндекс.Метрика