У нас есть только
оригинальные песни

Britaniyada “yolg'izlik” bo'yicha vazirlik tashkil etildi

calendar 17.01.2018
768

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey sport va jamiyat masalalari bo'yicha vazir Treysi Krauchni “yolg'izlik” bo'yicha vazir etib tayinladi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda. 

Meyni yangi vazirlik tashkil etishga leyboristlar partiyasidan parlament a`zosi Jo Koksning faoliyati ilhomlantirgan. Koks 2016 yilda o'ldirilgan. U yolg'izlik bo'yicha komissiyani boshqargan va o'zlarini yolg'iz his qiluvchilarga yordam berish maqsadida choralar ko'rish, maxsus davlat idorasini tashkil etishga chaqirgan. 

Mutaxassislar mamlakatda “yolg'izlik epidemiyasi” avj olgan deb xavotirlanmoqdalar. Britaniyaning 65,6 mlnlik aholisidan 9 mln.dan ko'proq kishi o'zini yolg'iz his qiladi.

Vazirlik aynan qanday ishlar bilan shug'ullanishi ma`lum qilinmagan, biroq u Koks tomondan yaratilgan yolg'izlik bo'yicha komissiya bilan hamkorlik qiladi.

41 yoshli Koks 2016 yil iyunda, Brexit referendumidan biroz oldin o'ldirilgan. Uning qotili Tomas Meyr umrbod qamoq jazosiga tortilgan. U Koksga qo'lbola to'pponchadan uch marta o'q uzgan va bunda “Avvalambor Britaniya” deb qichqirgan. Bu ibora shunday nomdagi partiyaning shiori bo'lib, bu partiya muhojirlarga qarshi aksiyalar va musulmonlarga hujumlar uyushtirish hamda Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo'yicha tashviqot olib borishi bilan ma`lum. 

Яндекс.Метрика