У нас есть только
оригинальные песни

Britaniyalik erkak 11 ming volt kuchlanishli elektr uzatish liniyasidagi tok urishidan so‘ng omon qoldi

calendar 07.03.2018
841

Manchester yaqinidagi Mottram shahrida yashovchi britaniyalik 11 ming volt kuchlanishli elektr uzatish liniyasidagi novdani olishga urindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

 

Erkak “Emma” po‘rtanasidan qolgan asoratlarni bartaraf etish maqsadida elektr uzatish liniyasidagi novdani bir o‘zi olib tashlashga chog‘landi. Biroq badanida sanchishni his etib, niyatidan qaytdi va mutaxassislarni chaqirdi.

Electricity North West kompaniyasi liniyadagi elektrni o‘chirdi. Uning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha mutaxassisi Kris Foks jabrdiydaga voqea joyiga boshqa yaqinlashmaslikni maslahat berdi.

“Bu yigit hozir yashab turganlar orasida eng omadlisi bo‘lsa ajab emas. Uning tirik qolganini o‘zi mo‘jiza”, — deydi Foks.

Mutaxassisga ko‘ra, erkak qo‘lqop va etik kiygani, qolaversa, novda quruqligi sababli omon qolgan, tok kuchi esa nisbatan past bo‘lgan.

Яндекс.Метрика