У нас есть только
оригинальные песни

Britaniyalik fermer yangi tug‘ilgan qo‘zichoqni pechga solib, uning hayotini saqlab qoldi

calendar 05.03.2018
878

Britaniyalik fermer yangi tug‘ilgan qo‘zichoqni pechga solib, uni o‘limdan saqlab qoldi, deb xabar beradi Metro.

 

Shimoliy Uelslik Uilyam Jons sovuq ob-havo tufayli mazkur chorani qo‘llashga qaror qildi.

“Havo harorati nol darajadan past edi. Biroq qo‘zichoqning onasi uni isita olmayotgandi. Shuning uchun ham uni qutqarishning yagona chorasi jonivorni yopinchiqqa o‘rab, qornini to‘ydirib, pechga joylash edi”, — deydi fermer.

Qo‘zichoq eshigi ochiq holda ishlayotgan pechda uch soat vaqt o‘tkazdi. Fermerning g‘oyasi ish berdi: qo‘zichoq isinib oldi va onasining yoniga qaytarildi.

Яндекс.Метрика