У нас есть только
оригинальные песни

Britaniyalik juftlik 67 ming funt sterlingga o'lgan itini klonlashtirishdi

calendar 08.01.2016
1590

Britaniyalik juftlik Lora va Richard Jak o'zining o'lgan itini klonlashtirish uchun olimlarga 67 ming funt sterling to'ladi, deb xabar bermoqda Sky News nashri.

Juftlikning boksyor zotidagi iti bosh miya o'simtasi tufayli o'tgan yil o'lgan. Juftlikning ta'kidlashicha, seullik olimlar itning DNKsidan ikkita kuchuk bolani klonlashtira olishgan.

“Men ular xuddi Dilanning aynan o'zidek bo'lishlarini istamayman. Boshqa odamlar bu pullarni boshqa maqsadlar uchun ishlatishlari mumkin edi, biroq biz shuni istadik”, deb aytdi Lora.

Ma'lum qilinishicha, yaqin orada juftlik kuchukchalarni o'zi bilan olib ketishi mumkin.

Яндекс.Метрика