У нас есть только
оригинальные песни

Britaniyalik o‘quvchi o‘zi yaratgan saytni 5 million funtga sotishga rozi bo‘lmadi

calendar 25.01.2017
1232

Britaniyalik 16 yoshli maktab o‘quvchisi Muhammad Ali Yorkshir grafligidagi uyidan turib bozordagi takliflarni taqqoslash va arzon narxdagi mahsulotlarni topishga yordam beruvchi sayt yaratdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Loyihani ishlab chiqishda unga 60 yoshli biznes hamkori Kris Torp yordam bermoqda. O‘smirning so‘zlariga qaraganda, u o‘z startapi tafsilotlarini muddatidan avval fosh qilishni istamaydi, biroq uning dunyo bo‘yicha o‘xshashi yo‘q ekanligiga ishonchi komil.

 

Muhammad Ali: Londonlik investorlar 2016-yilning dekabr oyi boshida men bilan uchrashdi. Ular ma’lumotlarni boshqarish bilan shug‘ullanadi, shuning uchun saytni o‘zim yaratganligimga ishonishmadi.

Biroq Ali taklifga rad javobini berdi. U hozir loyiha uchun 5 million funt (6 million dollar atrofida) taklif qilishayotgan bo‘lsa, kelajakda u bir necha marta qimmatga baholanishiga ishonadi. U saytning to‘liq versiyasini 2017-yilning yanvar oyi oxirida ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

 

Яндекс.Метрика