У нас есть только
оригинальные песни

Bryus Lining falsafiy qaydlari birinchi marta e’lon qilindi

calendar 10.08.2016
1853

Brain Pickings saytida hayoti endi gullab-yashanayotgan paytda — 33 yoshida vafot etgan Sharq yakkakurashining afsonaviy ustasi, aktyor va faylasuf Bryus Lining falsafiy qaydlari e’lon qilindi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Ushbu qaydlarni Bryus Li o‘zining shiddatli mashg‘ulotlaridagi tanaffuslar chog‘ida qog‘ozga tushirgan. Ularda aktyor hayot, iroda, hissiyotlar haqida fikr yuritadi.

“Irodani o‘z aqlimning har bitta qismchasi uchun oliy hakam deb bilgan holda, men uni har kuni har qanday maqsadda harakat qilishni boshlash uchun turtkiga ehtiyoj sezgan paytimda qo‘llayman; va men irodani kuniga kamida bir marta qo‘llashni o‘zimga odat qilib olaman”, — deb yozgan Bryus Li.

Яндекс.Метрика