У нас есть только
оригинальные песни

Bu bola xuddi boyqushga o'xshaydi!

calendar 09.12.2017
1299

Qiyinchilik odamni nimalarga majbur etmaydi, deysiz. Ba'zida ozgina qiyinchilikka uchrasak, butun dunyo ko'zimizga qorong'i bo'lib ko'rinadi. Go'yo endi yorug' kunlar kelmaydigandek. Ammo shunday insonlar borki, yoshi nechada bo'lishidan qat'i nazar hayot sinovlarini mardona qabul qiladi. Shunday insonlardan biri oilasining yagona boquvchisi bo'lgan pokistonlik 14 yoshli o'smir Muhammad Samirdir. 
Bolalar u yoqda tursin kattalar ish topishi qiyin bo'lgan bir paytda jamiyatda o'z o'rnini topa olgan Muhammad Samir ayni kunlarda ro'zg'or tebratish ilinjida boshini 180 gradusga burib, hammani lol qoldiryapti. Muhammadning aytishicha, u bunday natijaga uzoq mashqlar orqali erishgan. 6 yoshligida u qo'rqinchli bir film qahramoni boshini qanday qilib burganini ko'rgan va shu lahzalardan boshlab o'zi ham qo'llari yordamida boshini xuddi o'shanday qilib burishga harakat qila boshlagan. 
Karachilik bu o'smir hozir o'qishni tashlab, “Xavfli bolalar” nomli raqqoslar guruhiga qo'shilgan. 
Samir to'rtta singlisi o'qishni davom ettirishi uchun ham o'z qobiliyati bilan pul topishi kerakligini ta'qidlaydi. Uning aytishicha, har bir chiqishi uchun 6-10 funt sterling oladi. Bir oyda esa 100 -120 funt sterling pul ishlaydi. 
Samir o'zining raqs ko'nikmalari, gimnastik tryuklari va aktyorlik mahoratini rivojlantirishdan to'xtagani yo'q. Chunki kelajakda Gollivud aktyori bo'lishni orzu qiladi.

Яндекс.Метрика