У нас есть только
оригинальные песни

“Bu klipi uchun Loladan nafratlanaman!”. Lolaning yangi klipi va Rayhonning Instagram’dagi fikri bahslarga sabab bo‘ldi

calendar 20.04.2016
4273

Xonanda Rayhon 19-aprelga o‘tar kechasi Instagram’dagi sahifasiga o‘zining jilmayib turgan suratini joylashtirdi. Suratga ilova qilingan falsafiy mulohazalar turli bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Rayhon shunday deb yozadi: “Sevimli insonlarni yurakdan yulib tashlab bo‘lmaydi. Ularni vaqtincha tark etish, unutish, aldash mumkin. Biroq yo‘llar baribir ular tomon chorlaydi. Sevimli insonlarning xatolarini kechirish darkor. Sevimli insonlar ‘sobiq’ bo‘lmaydi. Sevimli insonlar bizning dunyomizni yoritguvchi quyosh kabidir”.

“Dugonam deb yurganingiz Lola atayin Yigitali bilan klip qilib, unga yopishib, o‘zini unga yaqinlashtirdi, shu yaxshimi endi? Lolaga Yigitalidan boshqasi qurib qolganmi? Nega aynan Sizning eringiz bilan?”, — deb yozdi foydalanuvchilardan biri. “Bilasizmi, bu hasad! Lolaga bunday er nasib qilmagan bo‘lsa-da, bitta klipda Yigitali bilan bir umr hayot kechirganday bo‘ldi? Lola o‘zini Sizning o‘rningizda tasavvur qilib ko‘rdi”, — dedi boshqa bir foydalanuvchi.

“Lolani hurmat qilaman, yaxshi ko‘raman, ammo bunday klip olishini tasavvur ham qilmagandim. Bizni o‘zbekchilikda ayollar begona erkaklar bilan bunday quchoqlashishlari — xoh san’atkor, xoh oddiy inson bo‘lsin — gunoh-ku. Musulmonchilikka umuman to‘g‘ri kelmaydi”, — deb yozadi yana bir foydalanuvchi. “Bunga ishonolmayapman. Lola ‘Sog‘indim’ klipiga qadar sevimli xonandam edi. Klipni ko‘rib, Rayhon uchun yig‘ladim. Lola Rayhonning ikki bolasini gunohini oldi. Men undan nafratlanaman!”, — deb yozadi boshqa bir foydalanuvchi.

Rayhon muxlislarining izohlarini javobsiz qoldirgan. Ikki guruhga ajralgan internet foydalanuvchilari esa Lolaning yangi klipi muhokamasini davom ettirgan. Bir guruh foydalanuvchilar tobora qattiq bahsga kirishgan muxlislarni tinchlantirishga uringan.

“Odamlar, tinchlaninglar, agar Yigitali Lolaning klipida rol ijro etgan bo‘lsa, bu ularning Rayhonning jig‘iga tegish uchun hamkorlik qilganini anglatmaydi. Ular ‘Jonim, sog‘indim’ klipida ham birga rol ijro etgan. Rayhon bunga e’tibor bermagan bo‘lsa kerak, chunki Lola va Yigitalining har ikkalasi ham ijodkor”, — deydi foydalanuvchlardan biri. “Bunga faqat klip sifatida qarash kerak. Agar Lola va Yigitali hayotda shunaqa ish qilganida, unda bir narsa desang, o‘rinli bo‘lardi. Kino, klip — bu hammasi kasb bilan bog‘liq narsalar”, — deydi bir kommentator.

Lolaga qaratilgan tanqidlardan asabiylashgan bir foydalanuvchi shunday qo‘shimcha qilgan: “Sizlardek ongi past odamlarni birinchi marta ko‘rishim. Yigitali ishlamasa — xotinining puliga yallo qilib yurgan kishi, ishlasa — yana gap. Qanday odamsiz o‘zi? Rayhonning Yigitali bilan ishi yo‘q. Sizlarga kim qo‘yibdi begona erkakni muhokama qilishni?”.

 

Яндекс.Метрика