У нас есть только
оригинальные песни

Bugatti Veyron’ning merosxo'ri 100 km/soat tezlikka 2.2 sekundda chiqa oladi

calendar 30.12.2015
2706

                   

Ishlab chiqarilishi to'xtatilgan Bugatti Veyron’ning o'rnini egallaydigan Bugatti Chiron giperkari 100 km/soat tezlikka 2.2 sekundda chiqa oladi, uning maksimal tezligi esa 467 km/soatni tashkil qiladi. Bu haqda Chexiyaning Pro Driver Magazine jurnali xabar berdi.

Nashr suhbatdoshining ma'lumotlariga qaraganda, bunday raqamlar kupening mijozlar uchun o'tkazilgan yopiq prezentatsiyasi chog'ida Bugatti vakillari tomonidan oshkor qilingan.

                 

Chiron gibrid kuch qurilmasi bilan jihozlanib, uning tarkibiga 8 l li 4 turbinali W16 dvigateli, elektr motor va 7 diapazonli robot o'tkazmalar qutisi kiradi. Kuch qurilmasining quvvati 1.5 ming ot kuchiga teng bo'ladi.

Chiron’ning tashqi ko'rinishi Gran Turismo poyga simulyatori uchun tayyorlangan Bugatti Vision GT protopining uslubida ishlanadi. Yangi mashina premerasi 2016 yil martida Jeneva motorshousida o'tkaziladi.

Mashina jami 500 ekzemplyarda chiqariladi, har birining narxi kamida 2 mln evroni tashkil qiladi. 2018 yilda giperkarning ochiq kuzovli modifikatsiyasi chiqarilishi kutilmoqda.

               

Яндекс.Метрика