Bugun dunyoda Xalqaro futbol kuni nishonlanmoqda

BMT qaroriga ko'ra har yili 10 dekabr kunini dunyo hamjamiyati Xalqaro futbol kuni sifatida nishonlaydi.

Millionlab insonlar uchun mazkur sport turi nafaqat sevimli mashg'ulot, balki hayot tarzining bir qismidir.

Futbol O'zbekiston sportining ham tarkibiy qismidir. O'zbekiston futboli tarixi 20 asrning boshlariga borib taqaladi. Futbol jamoalari dastlab Qo'qon va Farg'onada vujudga kelgan. Keyinchalik, Toshkent, Samarqand, Andijon shaharlarida futbol jamoalari tashkil etilib, ular orasida turnirlar tashkil etila boshlangan.

Futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 1928 yilda tashkil etilib, turli musobaqalarda ishtirok eta boshlagan. 1956 yilda Toshkent shahrida "Paxtakor" futbol klubi tashkil etilgan va bu jamoa hozirga qadar O'zbekistonning eng etakchi jamoasi bo'lib qolmoqda.

2006 yilning 1 mayida O'zbekiston prezidenti Islom Karimov "O'zbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaror chiqargan.

2012 yilning 1 iyunida Vazirlar Mahkamasining futbol klublari, O'zbekiston futbol federatsiyasi va uning joydagi bo'linmalarini moddiy texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan Qarori qabul qilingan.

O'zbekistonda ushbu sport nazoratini FIFA va OFKning to'laqonli a'zosi bo'lgan O'FF olib boradi. 2013 yilning 7 yanvarida Shveytsariyaning Syurix shahrida FIFAning tantanali marosimida O'FFga Fairplay mukofoti topshirilgan.

O'FF hamda futbol klublari faoliyatini takomillashtirish uchun 2006 yilda Professional futbol ligasi tashkil etilgan bo'lib, u Oliy va Birinchi liga jamoalari faoliyati, ular orasidagi boshqa aloqalarni muvofiqlashtirish hamda jamoalar o'rtasida respublika musobaqalarini tashkillashtirishga mas'ul hisoblanadi.

Tarixga murojaat qilinsa, bu o'yin birinchi marta eramizdan avvalgi 2 minginchi yillarda Xitoyda paydo bo'lgan degan ma'lumotlar bor. U paytlar bu o'yin futbol emas “oyoq bilan o'ynaladigan o'yin” deb atalgan ekan, ya'ni, xitoy tilida Su Chyu deb atalgan, agar o'zimizni tilga o'girsak “oyoq bilan itarish” degan ma'noni anglatar ekan. Tarixda xitoy harbiylarini jismonan “forma”da ushlab turishda asosan futboldan foydalanishgan.

Ba'zi bir manbalarda, VIII asrlarda Angliya hududida yashagan sakslar jangdan so'ng mag'lub bo'lgan raqib jangchilarining boshlarini tanasidan judo qilishib, maydonda tepishgani haqida ma'lumotlar yozilgan. Tarixda futbol hozirgi ko'rinishda, ya'ni darvoza o'rnatilib unga qarab to'p tepilishi ko'rinishidagi o'yin qachondan buyon tashkil bo'lganligi haqida ma'lumotlar kam.

1891 yilning mart oyida, Janubiy va Shimoliy Angliya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan musobaqada tarixda birinchi marta darvozaga to'r ilingan.

Futbolni eslatadigan sport turi qadimgi Yunoniston va Rimda ham bundan 2500 yil ilgari o'ynalgan. Bu sport turi nomi “to'p uchun kurash” bo'lgan. Tarixda futbol ko'pincha harbiylarni jismoniy tarbiya qilishda keng qo'llanilgani haqida ma'lumotlar ko'p uchraydi. Shundan kelib chiqadiki, bekorga, futbolda o'yinchilar tomonidan sodir etiladigan qo'polliklar ko'pincha jangovor usullarni eslatib yuboradi.


Комментарии (0) | Добавить: 10.12.2015
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Apple rasmiy servislarda ta`mirlanmagan smartfonlarni bloklamoqchi
Qozog‘iston kartoshkasi qimmatlab, O‘zbekistonga olib chiqib ketilmoqda. O‘zbekistondagi talab Qozog‘iston kartoshka bozoriga qanday ta’sir
Putin dunyodagi geosiyosiy vaziyatga izoh berdi
Toshkentda yangi haydovchilik guvohnomalarining berilishi 20-oktabrdan boshlanadi
Toshkent, Sirdaryo, Jizzaxda terimchilar bir kilogramm paxta uchun 800 so‘mdan, qolgan hududlarda 700 so‘mdan haq olishni boshladi
Kreml: Putin o'z nomzodini qo'yishi haqida hozircha indamadi
Ishda unumli tanaffuslar tashkil qilishning 5 usuli
Go'sht va baliq narxlari oshmasligi uchun qaror qabul qilindi
O'zbekiston razvedkasi Britaniyadagi musobaqada g'olib bo'ldi
Ko‘proq narsaga ulgurish va kamroq charchashning 5 yo‘li
UZ ma’muriyati Osiyo-Tinch okeani yuqori daraja domenlari assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lib kirdi
Buxoroda “balo-qazolardan xalos etish” evaziga 5 ming dollar olgan folbin qo‘lga olindi
MRB Lulu laqabli itni portlovchi moddalarni qidirishni istamagani uchun ishdan bo‘shatib yubordi
Koreyalik mutaxassislar Toshkent aeroportini yaxshilashga yordam beradi
Dunyoda har kuni 5 yoshgacha bo'lgan 15 ming bola hayotdan ko'z yumadi
20 oktabr kuni O'zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
Sochi yaqinida o'zbekistonlik xavfli jinoyatchi ushlandi
Odil Ahmedov Osiyo chempionlari ligasi finalida o'ynamaydi
Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) sevgan 10 ta oziq-ovqat
Shohruhxon va Asal Shodiyevadan yangi fotosessiya
Apple’ning yangi egiluvchan smartfoni haqida batafsil ma’lumotlar paydo bo‘ldi
Moskva sudi Telegram’ni FXX talabini bajarmagani uchun 14 ming dollar jarimaga tortdi
Ramzan Qodirov shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari​ning qabrini ziyorat qildi
Qirg'izistonning yangi prezidenti Sooronboy Jeenbekov, uning oilasi va qarindoshlari haqida nimalar ma`lum?
Qanday qilib uyqudan yaxshi kayfiyat bilan uyg‘onish mumkin?
Qualcomm Xitoyda iPhone ishlab chiqarishni taqiqlashni talab qildi
Alisher Usmonov o'z samolyotini O'zbekiston prezidentiga ijaraga bergan
Mirziyoyev elektr energiyasi va tabiiy gaz bo'yicha yig'ilish o'tkazdi
BMT: dunyoda 815 mln odam och qolmoqda
Shakardan voz kechishning 3 usuli