У нас есть только
оригинальные песни

Bugun jahon chempioni nomi aniq bo‘ladi. JCh-2018. Final

calendar 15.07.2018
895

Bugun, 15-iyul kuni Rossiyadagi muhtasham «Lujniki» stadionida futbol bo‘yicha jahon chempionatining final o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Final o‘yinida Fransiya va Xorvatiya o‘zaro kuch sinashadi. Fransuzlar uchun JCh finali begona emas, lekin Xorvatiya o‘z tarixida ilk bor ushbu marragacha yetib keldi va bundan keyin ham bo‘sh kelishni istamayapti.

Fransiya yarim finalda Belgiya terma jamoasini dog‘da qoldirib, finalga yo‘l olgan edi. Xorvatlar esa inglizlarni qon qaqshatib ketgandi. Aslida Xorvatiya pley-offning barcha o‘yinlarini ekstra taymlar bilan o‘tkazdi va kuchli iroda sohiblari ekanini isbotladilar.

Demak, bugun finalda tajriba va iroda o‘zaro kuch sinashadi. Ko‘ramiz, kuzatamiz.

JCh-2018 | Final

Fransiya - Xorvatiya

Bugun | 20:00

"Lujniki" stadioni

Яндекс.Метрика