Bugun Nobel mukofotlari o'z egalariga topshiriladi

10 dekabrda Stokgolmda 2017 yil uchun tibbiyot va fiziologiya, fizika, kimyo va adabiyot hamda iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofotlari o'z egalariga topshiriladi.

Mukofotlarni topshirish marosimi Kontsert zalida Toshkent vaqti bilan soat 20.30da boshlanadi. Nobel mukofotlarining yangi egalari nomlari oktabr boshida e`lon qilingandi. Ular 11 kishini tashkil qiladi va ularning barchasi marosimda ishtirok etadi.

Mukofotlar topshirilishi har doim 10 dekabrda – Alfred Nobelning vafot etgan kuni bo'lib o'tadi va Oslodagi ratushada boshlanadi. Nobelning vasiyatiga ko'ra, tinchlikni mustahkamlash uchun mukofot aynan shu yerda o'z egasiga topshiriladi. 2017 yilda unga Yadroviy qurolni taqiqlash bo'yicha xalqaro kampaniya ICAN munosib topildi. Tinchlik uchun mukofotni topshirish marosimi Toshkent vaqti bilan 17.00da boshlanadi. ICAN tashkiloti 2007 yilda tashkil etilgan va 100 dan ko'proq davlatdagi 460 jamoatchilik tashkilotini birlashtiradi. Uning bosh idorasi Jyenevada joylashgan. Tashkilot nomidan mukofotni uning ijrochi direktori Beatris Fin va 1945 yilda Xirosima atom bombardimonini boshdan kechirgan va yadroviy qurolni taqiqlash kampaniyasining faoliga aylangan Setsuko Turlov oladilar. 

Fiziologiya va tibbiyot uchun Nobel mukofoti amerikalik professorlar Jyefri Xoll, Maykl Rosbash va Maykl Yangga “hujayra soatlari”ni ochganlari uchun topshiriladi. Hujayralarning avtonom “ichki soatlari” uyqu, gormonal daraja, harorat va moddalar almashinuvi kabi muhim jarayonlarni nazorat qiladi. Hujayralarning yaxshi ishlovchi ritmi organizmning sog'lom bo'lishi uchun muhimdir.  

Fizika bo'yicha Nobel mukofoti kelib chiqishi germaniyalik bo'lgan, AQShda ishlovchi Rayner Vayss hamda amerikalik professorlar Barri Berish va Kip Tornga topshiriladi. Ular bu mukofotni lazer-interferometrik gravitatsion-to'lqinli observatoriya LIGO ishiga qo'shgan hissalari uchun olishmoqda. Bu gravitatsion to'lqinlarni tajribaviy aniqlashni mumkin qildi. Gravitatsion to'lqinlar mavjudligi taxminini 100 yil avval Albert Eynshteyn ilgari surgan. LIGO 20 ta davlatning 80 ga yaqin ilmiy tashkilotidan mingdan ko'proq olimning birgalikdagi loyihasi bo'ldi. 

Kimyo bo'yicha mukofot AQShda ishlovchi, kelib chiqishi germaniyalik bo'lgan Yoaxim Frank, Jak Debushi (Shveytsariya) va Richard Xendersenga (Buyuk Britaniya) krioelektron mikroskopiyani yaratganlari uchun topshirilmoqda. Bu usul “biokimyo xaritasida” ko'plab mavhumliklarni to'ldirishga imkon beradi. Endi olimlar bu usul evaziga biomollekulalarni harakat vaqtida muzlata oladilar va avval hech ham kuzata olmagan jarayonlarni kuzatishlari mumkin. 

Shved tili va adabiyotini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun 1786 yilda tashkil etilgan Shved akademiyasi bugungi kunda adabiyot bo'yicha Nobel mukofotini berish uchun mas`ul hisoblanadi. U bu mukofotni kelib chiqishi yaponiyalik bo'lgan britaniyalik yozuvchi Kadzuo Isiguroga berishga qaror qildi. Akademiklarning ta`kidlashicha, yozuvchi ijodi katta hissiy kuch bilan ajralib turadi. Isiguro tadqiq qiladigan mavzular xotira, vaqtning inson taqdiridagi ahamiyati va o'z-o'zini aldash kabilarga taalluqli.  


Iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti amerikalik professor Richard Talerga topshiriladi. U xulq-atvor iqtisodiyoti sohasidagi nazariyalarni rivojlantirish uchun qo'shgan hissasi uchun bu nufuzli mukofot bilan taqdirlandi.  

2017 yilda har bir yo'nalish uchun mukofot puli 9 mln shved kronini (1 mln dollarni) tashkil qiladi.


Комментарии (0) | Добавить: 10.12.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi