O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 2-iyul kuni «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi farmonni imzolagandi.
Unga ko‘ra, bugun, 15-iyuldan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,07 baravarga oshdi.
Shunday qilib, bugundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:
Ish haqi hamda pensiyalarga qo‘shilgan ustama va qo‘shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to‘lovlar 2018-yilning 15-iyulidan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.