У нас есть только
оригинальные песни

Bugungi kunda o'zbek shou-biznesi qanday holatda?

calendar 16.07.2011
2779
Ho'sh bugungi kunda o'zbek shou-biznesi qanday holda?

Tog'ri bugungi kunda honanda bo'lishni hohlovchilar uchun juda ko'p imkonlar bor. Shu sababli kundan kunga honandalar ko'paymoqda va honandalarimiz judayam ko'p. Lekin honandalarimizni hammasini ham ovozi bormi ? Hamma honandalarimiz ham istedodlimi?
Hozirda o'zbek shou-biznesini eng katta muammosi bu menimcha fonagramma. Hozirda honandalarni deyarli barchasi hattoki o'z yakkaxon konsentida ham 100% fonagrammadan foydalanmoqda. Bu nimasi hurmatli zvizdalarimiz yakkahon konsert bu muhlislarga imtihon topshirish uchun tashkil qilinadiku. Siz fonagrammadan foydalanib imtihondan xalqni aldab topshirmayabmanmikin degan savolni o'zizga berib ko'rganmisiz? Vaholanki xaql va muhlis sizni qanday ozizni qimirlatishizni ko'rish uchun emas, balki haqiqiy ovozizi eshitgani pul va vaqt sarflab boradi. Eng qizig'i va achinarlisi bilasizmi nimada? Bizni sodda xalqimiz esa fonagrammadan foydalanishi bilib turib konsertga borishadi. Naxotki biz o'zbek sa'nati shinavandalari musiqa madaniyati va saviyasi tushmoqda.

Mana masalan hamma yoshlar ''Ummon'' guruxi zo'r deydi. Ummon guruxi siz aytganchalik zo'r bo'lsa nega o'zini ilk yakkaxon konsertida hattoki bitta qo'shiqni ham jonli ijro qilib berolmadi? Bu savolimga kimga arzuguli javob bor? Hattoki o'z konsertida atiga bitta qo'shiqni jonli ijro qilmagan honandani super zvizda deyish u yoqda tursun san'atkor deb atash mumkunmi?

Fonagramma ham mayli hozir sanatkorlarimiznini dodaho'jasi ham yani reytingi eng yuqorisi ham avta tunnerndan foydalanmoqda. Avta tunner bu kompyuterda ovozni ochib ovozni effektini ochib beradi. Nega avto tunnerdan foydalanish kerak? Nima yoki bizni sanatkorlarimizni o'z ovozlariga ishonmaydimi?


Yaqinda Jasur Umirovni '' Hanifa'' degan qo'shig'ini eshitib hayron qoldim. Jasur Umirovga bir gap aytmoqchidim. Jasur Umirov baqirish emas kuylash kerakda.

Hozirgi kunda nega ko'pchilik san'atkorlarimiz chet el musiqasini ko'chirmoqda. Nega chet el musiqasini ko'chirish kerak? Ahir bizni o'z sanatimiz, o'z o'zbek musiqasi borku...

Bilasizmi nega jahon musiqasi kun sayin soat sayin rivojlanmoqda? Chunki chet elda honandalariga fonagrammadan foydalanish taqiqlangan. Ular deyarli barcha konsertlarda 100% jonli ijroda kuylashadi. Mana bu haqiqiy san'at...

Yana bizni o'zbek shou-biznesi vakillarida kamtarlik yetishmaydi. Mana masalan olaylik. Yana o'sha siz sevgan ''Ummon'' guruxini '' Ummonday bo'lolmaysan'' qo'shig'ini. Bu qo'shiqni shunday so'zlari bor. Mani odnaklasnigimga kuniga 300 ta sms keladi mani Amerikada ham eshitadi. Qo'shiqlarimi ho'p ho'pigacha o'zimniki degan. Ho'p shunga nima qilibdi. Amerikadami Afrikadami eshitayotganlari balki haqiqatdur. Albatta shuni qo'shiq qilib maqtanish shartmi? Agar shunchalik maqtanmoqchi bo'lsangiz jonli ijro qila olishiz bilan maqtaning. Musiqasi ko'chirilgan qo'shiqlari ho'p ho'pi meniki deb atab maqtanish tog'rimi? Chet elni sizdanda mashhur odnaklasnikiga 300 ta emas 3000 ta hat keladigan qo'shiqlarini ho'p ho'p emas nafasigacha o'ziniki bo'lgan konserlarini 100% jonli bergan honandalar maqtanmayabdiyu. Masalan Inrike Iglesias juda kamtar qancha mashhur bo'lsayam. Yaqinda Rossiyada konser berdi. Shu konsertda Inriki O'zbekistonlik muhlisi Ulug'bek Ismoilov bilan duet kuyladi. Ulug'bek Ismoilov qo'shiqni yaxshi kuylagani uchun Inreki Iglesias Ulug'bekka sahnani o'zida hammani ko'z o'ngida yetti bukulib ta'zim qildi. Ana san'atga va muhlisga bo'lgan hurmat. Bizdachi? Afsuski bizi sanatkorlarimiz maqtanishdan nariga o'tmayabdi.  (Yoshlar.com)

Menimcha bu muammolarga asosiy sabab bazi sanatkorlarimizni san'atga engil yelpi qarayotganida. Va qo'shiqlari ham saviya jihatdan sust. Afsuski hozirgi yoshlarimiz faqat dippis dippisdan iborat bo'lgan qo'shiqlarni eshitishmoqda. Mana aslida katta muammo nimada...

Yosh honanda bo'lmoqchi bo'lgan tengdoshlarga esa shuni aytmoqchidimki. Eng avvalo san'atni yaxshi tushunib oling, sahna va san'at bu muqaddas narsa...

Siz hurmatli saytdoshlar esa saviyali va sifatli qo'shiq tinglashizni tilab qolaman. Siz yuqorida o'qiganingiz bugungi o'zbek shou-biznesi haqida meni shaxsiy fikrim edi.Fikrimga qo'shilish qo'shilmaslik o'zizga bog'lik.
Ho'sh hurmatli saytdoshlar sizchi bugungi o'zbek shou-biznesi haqida qanday fikrdasiz...??? (Yoshlar.com)

miranda_89 (Barno)
Яндекс.Метрика