У нас есть только
оригинальные песни

Buker mukofotiga nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi

calendar 16.09.2015
1125

Ingliz tilidagi adabiy asarlar uchun topshiriladigan nufuzli mukofot — The Man Booker Prize tashkiliy qo‘mitasi 2015-yil nomzodlari ro‘yxatini e’lon qildi.
Bu yilgi ro‘yxatga "Atlas oroli” (Tom Makkartni, Buyuk Britaniya), "Qochuvlar yili” (Sanjiv Saxota, Buyuk Britaniya), "Yetti qotillikning qisqacha tarixi” (Marlon Jeyms, Yamayka), "Zangori ipli g‘altak” (Enn Tayler, AQSh), "Kichik hayot” (Xanya Yanagixara, AQSh) va "Baliqchilar” (Shigozi Obioma, Nigeriya) asarlari kiritildi.
Buker mukofoti sohibi Londonda 13-oktabrda bo‘lib o‘tadigan tantanali marosimda e’lon qilinadi va unga 50 ming funt sterling miqdoridagi chek topshiriladi. 
Яндекс.Метрика