У нас есть только
оригинальные песни

Bundesliga. “Borussiya D” safarda mag’lubiyatga uchradi

calendar 01.10.2022
164

Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 8-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Borussiya D” 1-oktabr, shanba kuni “Kyoln”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 31-daqiqasida Yulian Brandt hisobni ochdi. 53-daqiqada Florian Kainz muvozanatni tikladi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Steffen Tigges “Kyoln”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 71-daqiqada Lyubichich mezbonlarning uchinchi goli muallifiga aylandi. 78-daqiqada Benno Shmits o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. Biroq bu gol dortmundliklarga yetarli bo‘lmadi.

“Borussiya D” 15 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi. “Kyoln” esa ochkolarini 13 taga yetkazib, 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

 

Bundesliga

8-tur bahsi

1-oktabr, shanba

“Kyoln” — “Borussiya D” 3:2

Gollar: 0:1 – 31 Brandt, 1:1 – 53 Kayns, 2:1 – 56 Tigges, 3:1 – 71 Lyubichich, 3:2 – 78 Shmits (avtogol).

 

“Kyoln”: Shvebe, Shmits (Martel, 83), Kilian, Hyubers, Hektor, Kayns (Huseynbashich, 70), Duda (Adamyan, 61), Sxiri, Lyubichich, Mayna (Shindler, 70), Tigges (Dits, 61).

“Borussiya D”: Mayer, Menye, Zyule, Shlotterbek, Gerreyru (Rote, 77), Brandt, O‘zjan (Mukoko, 70), Bellinghem, Modest, Malen (Jan, 77), Adeyemi (Azar, 61).

Ogohlantirishlar: Hyubers (21), Adeyemi (23), Duda (25), Gerreyru (29), Zyule (36), Shindler (79), Huseynbashich (90).

“Ayntraxt” — “Union Berlin” 2:0

Gollar: 1:0 – 12 Gyotse, 2:0 – 42 Lindstrem.

“Leypsig” — “Boxum” 4:0

Gollar: 1:0 – 15 Verner, 2:0 – 23 Nkunku (penalti), 3:0 – 53 Verner, 4:0 – 85 Nkunku.

“Frayburg” — “Mayns” 2:1

Gollar: 1:0 – 3 Gregorich, 2:0 – 37 Kere, 2:1 – 52 Aaron Martin.

“Volfsburg” — “Shtutgart” 3:2

Gollar: 0:1 – 22 Girassi, 1:1 – 23 Marmush, 2:1 – 38 Arnold, 2:2 – 45 Mavropanos, 3:2 – 90 Gerxardt.
Яндекс.Метрика