У нас есть только
оригинальные песни

Bundesliga. Yaponiyalik 3 ta futbolchi gol urgan turda “Bavariya”ga chempionlik nasib etmadi

calendar 24.04.2016
741

Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 31-turiga kelib chempion jamoa nomi aniq bo‘lishi mumkin edi. Buning uchun peshqadam “Bavariya” 3 ochkoni qo‘lga kiritishi, Dortmundning “Borussiya” klubi esa imkoniyatni boy berishi kerak edi.

31-turda chempionlik uchun kurash olib borayotgan har ikki klub ham muvaffaqiyatli to‘p surdi. “Bavariya” Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan “Gerta”ni mag‘lub etgan bo‘lsa, dortmundliklar “Shtutgart” maydonida yirik g‘alabaga erishdi.

Germaniya chempioni nomi katta ehtimol bilan 30-aprel kuni ma’lum bo‘ladi. Buning uchun “Bavariya” Myunxengladbaxning “Borussiya” klubini mag‘lub etsa kifoya.

31-turning eng qiziqarli o‘yini “Shalke” — “Bayer” o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv debyutida mezbonlar yetakchisi Xuntelar penaltidan foydalana olmagan bo‘lsada, keyingi daqiqalarda jamoadoshlari 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq “Shalke” hisobni saqlab qola olmadi. Ikkinchi taymdagi olti daqiqa ichida 3 ta gol urgan “Bayer” g‘alabani ilib ketdi.

31-turdan keyin “Bayer” 54 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi bo‘lib turibdi. Uning ta’qibchisi “Gerta” 49 ochkoga ega.

Qayd etish kerak, Bundesliga 31-turida uch nafar yaponiyalik futbolchi to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. “Gannover” safida Sakai hamda Kiyotake, “Borussiya Dortmund” safida Kagava o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, Germaniya Bundesligasida 9 nafar yaponiyalik, 5 nafar janubiy koreyalik futbolchi to‘p suradi.

Germaniya Bundesligasi
31-tur bellashuvlari
22-aprel, juma

“Gamburg” — “Verder” 2:1

Gollar: Pyer-Mishel Lasogga, 5 (1:0). Pyer-Mishel Lasogga, 32 (2:0). Entoni Udja, 65 (2:1).
Noaniq penalti: Klaudio Pisarro, 57 (V).

23-aprel, shanba

“Volfsburg” — “Augsburg” 0:2

Gollar: Alfred Finnbogason, 1 (0:1). Halil Oltinto‘p, 57 (0:2).

“Gerta” — “Bavariya” 0:2

Gollar: Arturo Vidal, 48 (0:1). Duglas Kosta, 79 (0:2).
“Bavariya”: Manuel Noyer, Joshua Kimmix, Serdar Taski, Mexdi Benatia, Marsio Rafinya (David Alaba, 57), Tyago Alkantara, Arturo Vidal, Duglas Kosta, Mario Gyotse, Tomas Myuller (Frank Riberi, 57), Robert Levandovski (Xavi Martines, 84).

“Ingolshtadt” — “Gannover” 2:2

Gollar: Alfredo Morales, 10 (1:0). Morits Xartmann, 25 (2:0). Xiroki Sakai, 58 (2:1). Xirosi Kiyotake, 82 (2:2).
Chetlatish: Roman Bregeri, 20 (I).

“Kyoln” — “Darmshtadt” 4:1

Gollar: Antoni Modest, 4 (1:0). Jerom Gondorf, 12 (1:1). Antoni Modest, 35 (2:1). Marsel Risse, 52 (3:1). Marsel Risse, 75 (4:1).

“Shtutgart” — “Borussiya Dortmund” 0:3

Gollar: Sindzi Kagava, 21 (0:1). Kristian Pulishich, 45 (0:2). Genrix Mxitaryan, 56 (0:3).
“Borussiya Dortmund”: Roman Byurki, Erik Durm, Mattias Ginter, Sokratis Papastatopulos, Lukash Pishek, Yulian Vaygl (Nuri Shaxin, 82), Kristian Pulishich (Marsel Shmelser, 76), Marko Roys (Morits Lyaytner, 76), Sindzi Kagava, Genrix Mxitaryan, Adrian Ramos.

“Shalke” — “Bayer” 2:3

Gollar: Erik Shupo-Moting, 14 (1:0). Leroy Zane, 29 (2:0). Yulian Brandt, 54 (2:1). Karim Bellarabi, 56 (2:2). Xavyer Ernandes, 60 (2:3).
Noaniq penalti: Klas-Yan Xuntelar, 5 (Sh).

24-aprel, yakshanba
“Borussiya Myunxengladbax” — “Xoffenxaym”
“Ayntraxt” — “Maynts”

Яндекс.Метрика