У нас есть только
оригинальные песни

Bunyodbek Saidov gastrol konsert dasturlariga start berdi

calendar 01.01.2017
1199

Yil so'ngida tinim bilmay ijod qilayotgan Bunyodbek Saidov va'da qilgan 17 ta qo'shig'ini omma e'tiboriga taqdim qilmoqda. Shu bilan birga u “O'zimniki yaxshi” deb nomlangan yangi yil sarguzashtlariga boy kartinasini ham namoyish etdi.

Xonanda yangi qo'shiqlar yaratish, klip va kinolar suratga olish bilan birga gastrol konsert dasturlarini ham boshlab yubordi. Ilk gastrol konsert dasturi Buhoro viloyatida o'tkazildi. Yuqori kayfiyatda o'tgan konsert Xorazmda davomlanadi. Bu haqida xonanda Instagram ijtimoiy tarmog'ida xabar qoldirdi. Xonandaga omad deya yangi yilda yanada yuksak ijodiy parvozlar tilaymiz.

Яндекс.Метрика