«Bunyodkor» murabbiyi nega o'zini o'ldirdi?

Toshkent shahar prokuraturasi KUN.UZ so'rovi bo'yicha ikkita dahshatli jinoyatlar tafsilotlariga to'xtaldi. 9 dekabr kuni bo'lib o'tgan matbuot brifingida prokuratura rasmiy vakili Bobir Dehqonov “Bunyodkor” futbol akademiyasida murabbiy bo'lib ishlagan Akmal Risqullayevning o'z joniga qasd qilishi hamda vafot etishi bo'yicha quyidagilarni ma`lum qildi. 

“2017 yil 12 noyabr kuni soat 11 larda Sergeli tuman Sergeli 4-mavze, 143-uyning yotoqxonasida joylashgan yuvinish xonasidan Akmal Risqullayevning murdasi tan jarohatlari bilan topilgan. Sud-tibbiy ekspertizasining 12 noyabrdagi xulosasiga ko'ra, marhumning o'limiga bo'yin sohasining kesilgan yarasi, o'ng uyqu arteriyasi, venasining qalqonsimon tog'ayining kesilishi, tashqi qon ketishi sabab bo'lgan. 

Mazkur holat bo'yicha Sergeli tuman prokuraturasi 12-noyabr kuni O'zR JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Keyinchalik mazkur ish o'ta og'ir jinoyatlarni tergov qilish bo'yicha shahar prokuraturasi bo'limiga berilgan. Jinoiy ish bo'yicha malakali tergovni olib borish uchun tajribali tergovchilar guruhi tashkil etilib, ular tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar prokuraturasining o'ta og'ir jinoyatlarni tergov qilish bo'limi tergov ishlarini olib bormoqda. Marhumning o'limi yuzasidan 2017 yil 13 noyabrda qo'shimcha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Shu kuni voqea joyidan 112 ta barmoq izi, bir dona oshxona pichog'i, qon qoldig'i va 2 dona soch tolasi ashyoviy dalillar sifatida olingan bo'lib, ushbular bo'yicha sud-biologiya ekspertizasi tayinlangan.  

Jinoiy ish bo'yicha marhumning yaqin qarindoshlari, yonqo'shnilari, oila a`zolari, “Bunyodkor” futbol akademiyasida birga ishlagan hamkasblari holat yuzasidan guvoh sifatida so'roq qilingan. Marhum foydalanib kelgan telefon olinib, uning so'nggi bor kimlar bilan muloqotda bo'lgani, SMS xabarlar almashgani bo'yicha ro'yxat olinib, jinoiy ishga tikilgan va bu borada ham tekshiruv ishlari olib borilyapti. 

Bundan tashqari, marhum istiqomat qilayotgan uyning yonqo'shnisida ko'cha tomonga o'rnatilgan kuzatuv kamerasi bo'lgan. Ushbu moslama xotirasiga yozilgan videolavhalar olinib, tekshirilmoqda. Ammo, unda marhumning uyiga, yontomondagi qurilishi tugallanmagan 140-uyga 11 noyabr soat 19 dan 12 noyabr ertalab 9 gacha begona odamlar kirib-chiqqani aniqlanmagan. Shu bilan birga, olingan pichoqda marhumning barmoq izlari borligi, pichoq A.R.ning xonadonidagi xorijdan keltirilgan pichoqlar to'plamiga tegishli ekani aniqlangan. Ayni vaqtda tergov ishlari davom etmoqda. Biroq uning o'z joniga nima uchun qasd qilgani jumboqligicha qolayapti”, -deya bayon qildi Toshkent shahar prokuraturasi rasmiy vakili Bobir Dehqonov. 


Комментарии (0) | Добавить: 10.12.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi