Burundan qon ketsa, nima qilish kerak?

Burundan qon oqqanda uni qanday to'xtatish mumkin, qanday holatlarda shifokorga murojaat qilish kerak va bunday holat tez-tez kuzatilsa, qanday yo'l tutish kerak? "Layfxaker" shu mavzudagi ilmiy asosga ega ma`lumotlari bilan bo'lishdi.

Yengil burun oqishini qanday to'xtatish mumkin?

Burundan qon ketishining yengil shakllari kutilmaganda yoki burunning yengil jarohatidan keyin boshlanishi mumkin. Qoidaga ko'ra, burundan bunday qon ketishining hech qanday xavfli tomoni yo'q.

Bunday holatlarda quyidagi xatti-harakatlarni amalga oshiring:

  1. O'tiring va boshingizni tik tuting. Qon tomoqqa oqishi kerak emas;
  2. Burunning yumshoq qismini barmoqlaringiz bilan qattiq siqing va 10-15 daqiqa davomida qo'yib yubormang. Ilk 10 daqiqada sabr qilib, qon oqishi to'xtagan yo to'xtamaganini tekshirmay turing;
  3. Agar 10-15 daqiqadan keyin qon to'xtamasa, yana 15 daqiqacha burunni siqishda davom eting.

Qon oqishini tezroq to'xtatish uchun tomirlarni toraytiruvchi ta`sirga ega vositadan foydalanishingiz mumkin, masalan ksilometazolin eritmasidan.

Agar 30 daqiqa ichida burundan qon oqishi to'xtamasa, shifokorga murojaat qiling.

Burundan qon oqishning xavfli shakli

Burundan qon oqishi nisbatan kamdan-kam holatlarda burunning orqa qismidagi yirik qon tomirlariga ziyon yetishi natijasida boshlanadi. Bu ko'p qon yo'qotish mumkinligi bilan xavfli.

Qanday holatlarda tez yordam xizmatiga murojaat qilish kerak?

  • Katta miqdordagi qon og'iz yoki tomoq tomon oqayotgan bo'lsa;
  • Qon quyqalari hosil bo'lsa;
  • Qon ketishi burun bo'shlig'i yoki tomoqdagi operatsiyadan bir necha kun o'tgach kuzatilsa, masalan, burundagi polip yoki adenoidlarni olib tashlagandan keyin;
  • Qon oqishi kuchli zarbdan keyin boshlangan bo'lsa.

Shifokor burundan ketgan qonni burun bo'shlig'i tamponadasi yordamida to'xtatishi mumkin. U burun bo'shlig'iga tomirlarni toraytiruvchi preparatlar bilan to'yintirilgan tamponlar qo'yishni ko'zda tutadi.

Burundan tez-tez, lekin oz-ozdan qon ketishi sabablari

Burundan tez-tez qon oqish holatlari turli sabablar bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Odatda muammoni nisbatan oddiy choralar bilan hal qilishning iloji bo'ladi. Kam holatlarda shifokorga murojaat qilishga to'g'ri keladi.

Quyida burundan tez-tez qon oqishining asosiy sabablari va uni bartaraf etishga doir maslahatlar taqdim etiladi:

Shamollash va davomli burun bitishi

Agar tez-tez burundan qon ketish holatlari shamollash yoki davomli burun bitishida kuzatilsa:

  • Burunni ehtiyot bo'lib qoqishga harakat qiling;
  • Aksirayotganingizda og'zingizni oching;
  • Burningizni kavlamang;
  • Agar burun bitgan bo'lsa, uni qoqishdan oldin burunga oddiy fiziologik eritma yoki yengil tuzli aralashma tomizing.

Quruq havo

Burundan tez-tez qon ketishining yana bir sababi xonadagi haddan ziyod quruq havo bo'lishi mumkin.

Bu muammoni havoni namlantiruvchi vosita yordamida hal qilish mumkin. Undan-da oddiy yechim — issiqlik manbai oldiga suv to'ldirilgan idish qo'yib qo'yish.

Burun uchun spreylar

Agar inson, masalan, allergiyani davolash uchun burun spreylaridan muntazam ravishda foydalansa, uni noto'g'ri qo'llash texnikasi burundan qon ketishiga sabab bo'lishi mumkin.

Burun pardadevori sohasida ko'plab nozik tomirlar joylashgan. Ularga ziyon yetkazmaslik uchun flakon tumshug'ini burun qanoti tomon yo'naltirish kerak. Masalan, burunning chap teshigiga dori yo'llashda flakonni o'ng qo'lda ushlang va uni chap - burun pardadevori tomonga yo'naltiring.

Mayda tomirlarning haddan ziyod nozikligi

Ba`zi odamlarda burundan tez-tez qon ketishi burun pardadevorining old qismidagi mayda qon tomirlarining haddan tashqari nozikligi bilan izohlanadi.

Qon tomirlarining zaifligi tug'ma yoki keksa yoshda orttirilgan bo'lishi mumkin.

Bu muammoni hal qilish uchun shifokorga murojaat qilish kerak. U shilliq qavatga kumush nitrati yoki maxsus jarrohlik asbobi bilan ishlov berishni taklif qilishi mumkin. Bu kauterizatsiya deb ataladi.

Burundan qon ketishining boshqa sabablari

Burundan tez-tez qon ketishining nisbatan kamyob sabablari quyidagilar:

  • Qon ivishi bilan bog'liq tug'ma kamchiliklar;
  • Surunkali jigar kasalliklari;
  • Spirtli ichimliklar iste`moli;
  • Qon ivishini pasaytiruvchi dori vositalari;
  • Burun pardadevorining qiyshayishi yoki perforatsiyasi;
  • Burun bo'shlig'idagi o'simtalar;
  • Qonning onkologik kasalliklari.

Bu holatlarning barida davolash usuli kasallik turiga bog'liq bo'ladi.

Burundan qon ketishi barobarida yana qandaydir belgilar paydo bo'lgan taqdirda, shifokorga murojaat qilish kerak.


Комментарии (0) | Добавить: 31.01.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

La Liga. "Real" safarda qiyin g'alabaga erishdi
Dunyodagi eng ulkan oltin koni
Chilim va elektron sigaretlarni qonun yo'li bilan taqiqlash vaqti yetmadimikan?
«Kerak bo'lsa stolbani ham olib borib qamardi». Prezident yana MXXning kirdikorlari haqida gapirdi
Messi yana bir ko'rsatkich bo'yicha «Real» futbolchisi rekordini yangiladi
Tramp «ruslar bilan band bo'lgan» FQBni jiddiy aybladi
Kim Chen Inning rafiqasi haqidagi ma’lumotlar
Япониялик аёл фарзандини видео ўйинлардан ҳимоя қилиш йўлини ўйлаб топди
“Ичкарида”ги Селал — Четин Текиндор
Umid Ahmadjonov: “Futbolchi o'z ustida ishlashi shart, aks holda unga litsenziya berilmaydi”
Moskvada 2021-yilgacha 50 ta yangi metro bekati ochiladi
“O‘zbekneftegaz” va Jizzakh Petroleum Ai-95 narxini o‘zgartirdi
O‘zbekistonda 8000 dan ziyod giyohvand bemor ro‘yxatda turadi
AQShda boshpanasizlar sovuqda qanday jon saqlaydilar?
Adliya organlarining moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanadi
1 martdan boshlang'ich sinflarni 5 kunlik o'qishga o'tkazish rejalashtirilmoqda
Davron Kabulov "Million"ning yangi a'zosini tanishtirdi
“Sevgi iztirobi” efirdan olib tashlandi
Shavkat Mirziyoev Kogondagi harbiy qismda sharoitlarni ko'zdan kechirdi
«Chimyon» hududida ko'chki xavfi e`lon qilindi
Roman Abramovich Telegram'ga 300 mln dollar sarmoya kiritdi
Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga bordi
MIB plastik kartochkadan pul yechib olishi uchun sud qarori kerakmi?
«Mafiya davlati» - Saakashvili
Rossiyada «YouTube»ning ishlamasligiga birgina belgi sababchi bo‘lmoqda
Shavkat Mirziyoyev: Buxoroda 90 ming ish o‘rni yaratiladi
Coca-Cola’ning daromadi 5 marta tushib ketdi
Buxoroda baliqchilikni rivojlantirishga 100 milliard so‘m ajratiladi
MIBga qarzdorlarning plastik kartochkasidan pul yechib olish huquqi berildi
Avtomobillar oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlaganlik uchun notarial to‘lov arzonlashdi