У нас есть только
оригинальные песни

Butan — baxt vazirligi tashkil qilingan dunyodagi yagona mamlakat

calendar 05.02.2016
1183

Butan — rasmiy dini, “diniy merosi” tantra buddizmi bo‘lgan dunyodagi yagona davlat, deb yozadi The jizn nashri. Shu tufayli hukumat har bir fuqaroning baxtli bo‘lishiga intilishni o‘zining asosiy maqsadi deb biladi: bu Konstitutsiyaning 9-moddasida belgilab qo‘yilgan. 2008-yilda Umummilliy baxt komissiyasi tuzildi.

“Siz baxtlimisiz?” degan savol aholini ro‘yxatga olish chog‘ida beriladi. 2005-yilda o‘tkazilgan so‘nggi ro‘yxatga olish vaqtida aholining 45,2 foizi bu savolga “juda baxtliman”, 51,6 foizi “baxtliman” va faqat 3,3 foizigina “unchalik baxtli emasman” deya javob bergan.

Bundan tashqari, Butanda yalpi ichki mahsulot tushunchasi “yalpi milliy baxt” ko‘rsatkichi bilan almashtirilgan. Bu — Baxt vazirligi bo‘lgan yagona mamlakat, deb yozadi nashr.

Mamlakatda hayvonlarni o‘ldirish va ovlash, kimyoviy o‘g‘itlardan foydalanish, daraxtlarni kesish taqiqlangan. Qirollik o‘zini oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak bilan to‘liq ta’minlaydi. Shu bilan birga, fuqarolarning deyarli barchasi milliy libos — kxo kiyib yuradi.

Яндекс.Метрика