У нас есть только
оригинальные песни

Butun dunyodagi ko'chmas mulkning umumiy qiymati ma`lum qilindi

calendar 04.09.2018
1895

2017 yilda butun dunyodagi ko'chmas mulkning umumiy qiymati 6,2 foizga oshib, rekord darajadagi 280,6 trln dollarni tashkil qildi. Bu haqda Savills konsalting kompaniyasiga iqtibos keltirgan holda RBK nashri ma`lum qildi.  

Mutaxassislar tomonidan keltirilgan baho 78,3 trln dollarga baholanuvchi dunyo yalpi ichki mahsuloti hajmidan 3,5 marta ko'proqni tashkil qiladi. Dunyodagi barcha ko'chmas mulkning 80 foizi turar-joyga (220,6 trln dollar) to'g'ri kelar ekan. Qolgan 60 trln dollar tijorat ko'chmas mulkiga hamda o'rmon va qishloq xo'jaligi mulkiga (27 trln dollar) to'g'ri keladi. 

Mintaqalar o'rtasida Shimoliy Amerika va Yevropa umumiy ko'chmas mulk qiymati bo'yicha eng yiriklari hisoblanar ekan: ushbu mintaqalar aholisi dunyo aholisining 17 foizini tashkil qilgan holda ularning ulushiga butun ko'chmas mulkning 44 foizi to'g'ri kelar ekan. Yana 26 foiz ko'chmas mulk Xitoy va Hongkong ulushiga to'g'ri kelishi ma`lum qilingan.

Davlatlar borasida mutaxassislar Buyuk Britaniyadagi ko'chmas mulkni 9 trln dollarga, Rossiyadagini esa 2,9 trln dollarga baholashgan.

Яндекс.Метрика